Toshkentda uyga hamshira xizmatlari narxlari

Narx — hamshira ishi va bir martalik vositalar uchun. Shifokor yozgan dorini o'zingiz tayyorlaysiz. Aniq summa buyurtma tasdiqlanishidan oldin ilovada ko'rinadi.

XizmatNarx
Uyda ukol35 000 so'mdan
Venaga ukol60 000–70 000 so'm
Uyda tomchi100 000 so'mdan
Tomchi, 2 flakon150 000 so'm
Qon bosimi o'lchash50 000 so'mdan
Uyda parvarish200 000 so'mdan
Uyda tahlil olish100 000 so'mdan
Uyda bog'lam qilish150 000 so'mdan
Bolaga uyda ukol35 000 so'mdan
Yotgan bemor parvarishi200 000 so'mdan
Uyda kateter almashtirish250 000 so'mdan
Uyda zond qo'yish300 000 so'mdan
Sidelkabir sutka 500 000 so'mdan

Bilish muhim

  • Ukol va tomchini hamshira faqat shifokor ko'rsatmasi bo'yicha qiladi — retsept yoki tavsiyanomani tayyorlab qo'ying.
  • Yakuniy narx muolaja murakkabligiga bog'liq; u buyurtma tasdiqlanishidan oldin ko'rinadi.
  • Toshkentning barcha 12 tumaniga boramiz. Aniq manzilga borish imkoniyati buyurtmada tasdiqlanadi.
  • Ahvol keskin yomonlashsa, tez yordamga qo'ng'iroq qiling — 103.